26 okt 08:41
Yangiliklar
Tennis

Yakuniy turnir (WTA): Dunyoning birinchi raketkasida mag'lubiyat
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Singapurda xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi mavsumning yakuniy turniri bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi BNP Paribas WTA Finals Singapore musobaqasida dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennis malikalari bosh mukofot uchun bahslarga kirishishgan.
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Simona Xalep guruh bosqich uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Ruminiyalik tennischi daniyalik Karolin Voznyackiga 0:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bugungi uchrashuvlar:
Garbine Mugurusa (Ispaniya, 2) – Vinus Uilyams (AQSH, 5)
Karolina Plishkova (CHexiya, 3) – Elena Ostapenko (Latviya, 7)
Havola :
Fikrlar