So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

09 okt 17:45
Yangiliklar

Futbol

Yaman terma jamoasi ustozi: "SHomurodovni to'xtatishga harakat qilamiz"

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash va jamoa darvozaboni Salim Avad ishtirok etishdi.

"Birinchi navbatda matbuot anjumaniga kelganinglar uchun rahmat aytaman. Ertangi bahs ikkala jamoa uchun ham muhim. Ertaga O'zbekistonning ustunligi o'z muxlislari qarshisida o'ynashida. Biz oldingi ikki o'yinda bo'lgani kabi yaxshi o'ynashga va Toshkentdan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz", - dedi bosh murabbiy.

- Yaman terma jamoasi so'nggi bor Toshkentga kelganida O'zbekistonga jiddiy qarshilik ko'rsatgandi. SHundan keyin terma jamoa o'yin uslubi, tarkibida o'zgarishlar bo'ldimi?
- Bugungi kunda tarkibimizda ko'plab yoshlar bor. JCH-2022 saralashidagi dastlabki ikki o'yinda 3 nafar tajribali futbolchilar o'ynay olishmadi, ular ertaga maydonga tushishadi.

- Siz O'zbekiston terma jamoasini yaxshilab o'rgangansiz, bunga shubha yo'q. Nima deb o'ylaysiz O'zbekiston futboli rivojlanishdan to'xtaganmi yoki noto'g'ri yo'nalishda ketayaptimi?
- O'zbekiston haligacha Osiyoning etakchi davlatlaridan biri. To'g'ri balki so'nggi oylarda jamoaning o'yinida pasayish bo'lgandir, ammo baribir O'zbekiston kuchli jamoa hisoblanadi. 

- Eldor SHomurodov "Rostov" safida ajoyib o'yin namoyish etmoqda va ketma-ket gollar urmoqda. Ertaga uni to'xtatish uchun nimadir o'ylab qo'ydinglarmi? Umuman Yaman himoyaviy o'ynaydimi yoki hujumkor?
- O'zbekiston terma jamoasida texnik kuchli bo'lgan futbolchilar juda ko'p. Aynan SHomurodov haqida gapiradigan bo'lsam, bo'yi baland bo'lgan, jismonan kuchli futbolchi, ayniqsa jarima maydoni ichida u tez harakat qiladi. Uni to'xtatish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasida yangi murabbiy kelganidan so'ng rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q. Raqibni qaysi o'yinga qarab o'rgandingiz?
- Har bir jamoa raqibidan kelib chiqib o'ynaydi. Aytib o'tdim, O'zbekiston uchun alohida o'ylab qo'ygan taktikamiz bor.

"Besh yildan buyon Yamanda chempionat o'yinlari o'tkazilmayapti. SHu bois bizga qiyin bo'ladi. Ammo hozirgi bosh murabbiy yaxshi jamoa tuza olgan, ertaga Yaman futboli nimalarga qodirligini ko'rsatmoqchimiz", - dedi darvozabon Salim Avad.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing