22 apr 13:19
Yangiliklar
Yan-Lennard SHtruff o'z vatanida faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
Musobaqa bosh sovrini Germaniyada qoldi. Finalgacha dunyoning 28-raketkasi bo'lib kelgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruff reytingda o'zidan 13 pog'ona yuqorida turgan amerikalik Teylor Fritcni mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/3. Bu bilan SHtruff tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ham hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.
Roppa-rosa 80 daqiqa davom etgan bahsda SHtruff 2, Fritc 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar tabiiyki, g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Bu 25 aprel kuni 34 yoshni qarshilaydigan SHtruff uchun faoliyatidagi birinchi titul bo'ldi.
O'z mamlakatidagi muvaffaqiyatli ishtirok Yan-Lennardga 250 reyting ochkosi hamda 88,125 evro mukofot puli keltirdi. Fritc esa 150 ochko va 51,400 evro mablag' ishlab oldi.
Fikrlar