06 sen 18:53
Yangiliklar
Yana 1 ta oltin va 3 ta bronza! MDH o'yinlaridagi medallarimiz soni roppa-rosa 40 taga etdi + Jadval
Bugun musobaqaning navbatdagi kungi bellashuvlari davom etayotgan ayni shu daqiqalarigacha O'zbekiston sport delegaciyasining umumiy medallari soni roppa-rosa 40 taga etdi. Bugun terma jamoamizga 15-oltin medalni Muhammad Kamolov taqdim etdi. Kamolov 10 metr masofada pnevmatik to'pponchadan o'q otish bahslarida umumiy 236.3 ball bilan eng yaxshi natija qayd etdi. 234.2 ball to'plagan qozog'istonlik Nikita CHiryukin kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, belaruslik Ivan Kazak 214.3 ball bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Qolgan uchta bronza medali terma jamoamiz g'aznasiga koresh bahslarida polvonlarimiz tomonidan tuhfa etildi. Muhammadkarim Karimov (80 kg), Umidjon Jalolov (90 kg) va Asadbek Zokirov (120 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.
Ayni shu daqiqalarda Rossiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 42 ta oltin, 15 ta kumush, 14 ta bronza, jami 71 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishgan. Kuchli uchlikka Qozog'iston terma jamoasi 7 ta oltin, 15 ta kumush, 27 ta bronza medali bilan yakun yasab turibdi.
Fikrlar