15 okt 07:37
Yangiliklar
Yana bir kuchli grossmeysterni mag'lub etgan 15 yoshli Nodirbek Magnus Karlsendan o'tib ketdi
Musobaqada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, jahon vice-chempionlari Vishvanatan Anand (Hindiston), Fabion Karuana (AQSH), Sergey Karyakin (Rossiya) kabi mashhur shaxmatchilar dona surishyapti.
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Kecha o'tkazilgan 5-partiyada istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o'ynab, reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan xorvatiyalik xalqaro grossmeyster Ivan Sarich (2667)ni mag'lub etishni uddaladi. Nodirbek 4-turda polshalik xalqaro grossmeyster Kasper Pyorun (2643)ni ham mag'lubiyatga uchratgan edi.
Ushbu g'alabalar sabab Abdusattorov 3,5 ochko bilan musobaqa jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-10 o'rinlarni egallab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ham kechagi g'alabasidan so'ng o'z ochkolarini 3,5taga etkazib oldi, lekin u hozircha 12-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar