19 dek 18:16
Yangiliklar
Xokkey

Yana bir o'zbekistonlik xokkeychi faoliyatini CHexiyada davom ettirmoqda + FOTO
O'zbekistonlik xokkeychi Salohiddin Azimov faoliyatini CHexiyada davom ettiryapti.
Hujumchi HC "Motor České Budějovice" U-17 klubi bilan shartnoma imzoladi. U aynan shu yosh toifasidagi mamlakat birinchiligida ishtirok etmoqda. 15 yoshli xokkeychi mazkur jamoa tarkibida hozirga qadar 10 ta o'yinda muzga chiqib, 6 ta shayba kiritdi va 2 ta assist qayd etdi.
Malumot o'rnida, 20 yoshli hamyurtimiz Jasurbek Rustamxonov ham ayni paytda faoliyatini CHexiyada davom ettirmoqda. U joriy mavsumda "HC Energie Karlovy Vary U20" klubi safida 18 ta o'yinda ishtirok etdi va 5 ochko (2+3) jamg'ardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar