So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

14 iyu 18:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Yana bir yulduzning karerasi xarob bo'lmoqda yoxud CHendlerga endi nima bo'ladi? (Mutolaa uchun)

Uzoq kutilgan UFC 303 turniri unutilmas bo'lishi vada qilingan edi, chunki unda Konor Makgregor oktagonga qaytishi kutilayotgandi.

Uzoq kutilgan UFC 303 turniri unutilmas bo'lishi vada qilingan edi, chunki unda Konor Makgregor oktagonga qaytishi kutilayotgandi.Irlandiyalikka Maykl CHendler raqib bo'lishi kerak edi. Ammo Konorning jarohati bu qarama-qarshilikning sodir bo'lishiga  to'sqinlik qildi va amerikalik sportchi uchun yangi raqib topilmadi. SHu bilan birga CHendlerning o'zi ham har qanday raqibga qarshi chiqishga tayyor ekanligini bir necha bor takidlagan. Endi uning o'zi hammaga “hujum qilmoqda” va so'nib borayotgan karerasini saqlab qolishga astoydil harakat qilmoqda. Maykl Konor bilan jang u uchun ajoyib imkoniyat ekanini yaxshi bilardi. Ushbu to'qnashuv mo'maygina daromad qilish uchun yaxshi yo'l edi. Amerikalik salkam ikki yildan beri oktagonga qirmaganiga va so'nggi 4 ta jangining 3 tasida mag'lub bo'lganiga qaramay, duel baribir qiziq o'tardi. Dana Uayt ham Makgergorning qachon oktagonga qaytishini aniq ayta olmaydi. Bunday vaziyatda amerikalikni kutish tobora qiyinlashib bormoqda. 

Mayklning o'zini qanday tuta boshlagani qiziq. U sayyoradagi eng yaxshi ligada faoliyat davom ettirish uchun tom manoda harakatini boshladi. U haqida kutilmagan xabarlar va yangiliklar chiqishni boshladi. Masalan, CHendlerning o'zi Islam Maxachev bilan jang qilish niyatida ekanligini aytdi. U o'zi ishtirok etmoqchi bo'lgan musobaqani ham aytib o'tdi. “Oktyabr oyida menga Islam bilaan jang qilish taklifini berishgandi, lekin agar Konor jarohatidan qaytsa, sentyabrga qadar tuzalsa, u bilan jang qilishga tayyorman. Bu – sport tarixidagi eng katta voqelik”, deydi amerikalik jangchi. 

Takidlash joizki, bu istiqbol dastlab g'alati tuyuldi. SHuncha vaqtdan beri oktagonga chiqa olmagan sportchiga UFC chempionlik jangini berishga tayyorligi juda shubhali. Albatta, bunga Stipe Miochichni misol qilib keltirishimiz mumkin. Maxachevning o'zi esa, Sphere turniridan bunday katta umidlar kutishiga qaramay, Abu-Dabidagi sevimli musobaqasidan voz kechmasa kerak. SHu bois chempionning javobi hech kimni hayratga solmadi. U Mayklning chaqirig'iga juda keskin munosabatda bo'ldi. “Do'stim, sen ishonchsizsan, xo'jayinning bir xabari, qochib ketasan. CHempionga haqiqiy raqib kerak”, deydi rossiyalik sportchi. 

CHendler Maxachev bilan jang qilish g'oyasini bekor qilmadi va u darhol boshqa raqibga o'tishga harakat qildi. Endi u Neyt Diazga qarshi jang o'tkazmoqchi: “Menda bir fikr bor - UFC 306  in Sphere musobaqasida Neyt Diazga qarshi urushmoqchiman. Biz haqiqiy erkaklardek jang qilamiz hamda Konor o'z yaxtasida o'tirib PPV’da bizning jangimizni tomosha qilib o'tirsin. Afsuski, UFC’dagi eng xavfli jangchilardan birining karerasi tom manoda qulab tushmoqda. Yaqinda u har qanday raqibni dahshatga sola oladigan darajadagi sportchilardan biri hisoblanardi. Biroq hozir hech kim amerikalikni jiddiy qabul qilmaydi. CHendlerning kattta muammosi shu bo'ldiki, u Konorni uzoq vaqt kutib qoldi. Albatta, Makgregorning o'zi UFC 306 orqali yaxshilanishi mumkin. Ana shunday keyingina Maykl intiqlik bilan kutgan kurashni davom ettiradi. Lekin savol shundan iboratki, keyin nima bo'ladi?

Xorijiy sayt asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing