24 fev 09:15
Yangiliklar
Futbol

Yana bitta qoldi: Messi Ronalduga deyarli etib oldi
Bugungi "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvida (2:4) Leo Messi ajoyib o'yin ko'rsatdi.
O'yin davomida argentinalik uchta gol urib, Suaresga assistenlik qildi. Mazkur to'qnashuvda Messining xet-triklar soni elliktaga etdi. Ularning 32tasini LaLigada amalga oshirgan Leo "Valensiya" va "Sevilya"ga qarshi bahslarda 4 marotabadan bitta o'yinda uch bor raqib darvozasini aniq nishonga ola bilgan.
"Barselona" sardori, shuningdek, "Atletiko", "Deportivo" va "Osasuna" kabi jamoalar bilan o'yinda 3 bor xet-trikka erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar