15 okt 07:57
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yanga qarshi ikkinchi jangning boshidayoq g'alaba qozona olmasligimni tushunib etdim" - Dvalishvili
Gruziyalik UFC jangchisi Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi ikkinchi jangning ikkinchi raundidayoq g'alaba qozona olmasligini tushunib etganini aytdi.
"Ikkinchi raundga teykdaun amalga oshirish rejasi bilan chiqdim. Hujum qildim, uni yiqitishga harakat qildim, ammo barcha urinishlarim muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Taxminan 10 soniyadan keyin energiyam tugab qoldi. SHunda: “Endi nima qilaman?” deb o'yladim.
Jang rejam o'zim xohlagan ishni qilishdan iborat edi: tik turib jang qilish, agar buning iloji bo'lmasa, raqibni parterga o'tkazish. Ammo u tik turib jang qilishda meni mag'lub etdi, teykdaun esa amalga oshmadi. G'alaba qozona olmasligimni tezda tushundim va shundan keyin jangdan shunchaki zavq olishga harakat qildim", — dedi Dvalishvili UFC on Paramount YouTube kanalidagi videoda.
Havola :
Manba : UFC on Paramount
Fikrlar