So’nggi yangiliklar

17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0

17 dek 16:31
Yangiliklar

Futbol

Yangi mavsumda "Navbahor"ni kim boshqarishi aniq

Teglar :  NavbahorKanchelskis
"Navbahor" klubi rahbariyati mavsum yakunidan keyin jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning faoliyati bo'yicha bosh qotirayotgani haqida xabar bergandik.

Superliganing o'tgan mavsumida chempionat o'rtasida jamoadan haydalgan va mavsum yakuniga yaqin ishga qaytarilgan Kanchelskisning kelasi mavsumdagi faoliyati bo'yicha yakuniy qarorga kelingan.

Andrey Kanchelskisni istefo masalasini ko'rib chiqqan "Navbahor" rahbariyati yakunda rossiyalik mutaxassisni jamoa rulida qoldirishni maqul topdi. "Navbahor" bilan yana 2,5 yillik shartnomasi mavjud murabbiyni istefosi "Navbahor"ga 500-600 ming AQSH dollariga tushardi. 

CHunki, Kanchelskisning "Navbahor" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli haqida alohida band ko'rsatilgan. SHu bois ham "Navbahor" rahbariyati yangi mavsumda ham Kanchelskisga imkoniyat berishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Kanchelskis "Navbahor" rulida jami 27 uchrashuv o'tkazdi. O'tkazilgan o'yinlarda 7 g'alaba, 11 durang va 9 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 24-28.

Qayd etish kerakki, agarda Kanchelskisning ehtimoliy istefosi ruy berganida, unda "Navbahor"ni boshqarish uchun mahalliy mutaxassislar ichidan Otabek G'ulomxo'jaev hamda "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida uzluksiz 7 yildan buyon ishlab kelayotgan Ro'ziqul Berdiev nomzodi short-listdan o'rin olgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing