So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

19 noy 15:54
Yangiliklar

Boshqalar

“Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni sportsevar yoshlarni birlashtirdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Yangi nafas
Bugun yurtimiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizning 16 ta shahrida bir vaqtda tashkil etilgan sport tadbiri sog'lom turmush tarzi tarafdorlarini o'zida jamladi.

Musobaqa Toshkent shahrida 3 va 10 km, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg'ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G'uzor, Xiva va Nukus shaharlarida 3 km masofaga yugurish bahslari bo'yicha tashkil etildi.

Poytaxtimizda o'tgan tantanali ochilish marosimida so'z olgan rasmiylar bu kabi musobaqalarni o'tkazish anana tusiga kirib qolgani, bu orqali mamlakatimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzi targ'iboti yanada kuchayib borayotgani haqida to'xtalishdi.

Bellashuvlarda hamyurtlarimizdan tashqari qo'shni mamlakatlardan ham atletlar ishtirok etishdi. Toshkent shahrida o'tgan poygalarning g'olib va sovrindorlari ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

3 km, ayollar:
1. Anastasiya Silchenkova
2. O'g'iloy Muzaffarova
3. Marjona Oqqo'zieva

Erkaklar:
1. Hasan Mirsoatov
2. Ahrorjon Mahmujadiev
3. SHahram Abdurahmonov

10 km, ayollar:
1. Marina Xmelevskaya
2. Marjona Ahmadalieva
3. Alina Hakimova

Erkaklar:
1. Nodirbek Mutalipov
2. Baxtiyor Ortiqov
3. Eldiyor Qodirov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing