06 may 09:13
Yangiliklar
"Yangi qirol kelmoqda". UFC debyutanti Islam Maxachevga tahdid qildi
Ushbu oqshom doirasida braziliyalik Maurisio Ruffi UFC promoushenidagi debyut jangini o'tkazdi. U birinchi raundning o'zidayoq Jeymi Mallarkini texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Jang yakunlanganidan keyin Ruffi engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachevga murojaat qildi.
"Mening Islam Maxachevga aytar so'zlarim bor. Do'stingni mag'lub etganim uchun mendan xafa ekaningni bilaman. Hozir imkoniyating borida chempionlik cho'qqisida rohatlanib tur. Yangi qirol kelmoqda! Buni his qilib tur", — degan Ruffi.
Malumot uchun, 30 yoshli Maurisio Ruffi MMAda 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. O'tgan yilning oktyabr oyida Dana White’s Contender Series shousida rossiyalik Raymond Magomedalievni nokautga uchratib, UFC promousheni bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar