So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

13 noy 17:40
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Yangi sport tibbiyoti markazlari loyihalari muhokama qilindi

Poytaxtimizda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi hududida eng so'nggi qulayliklarga ega tibbiyot markazi ham barpo etilmoqda.

SHu munosabat bilan O'zbekiston sport vazirligida obekt foydalanishga topshirilgach uning faoliyatini samarali yo'lga qo'yish mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Unda sport vaziri Adham Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojiddinov ishtirok etdi.  

Yig'ilishda  O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi, Adham Ikromov sport tibbiyotining bugungi kundagi ahamiyati, terma jamoalarimizning so'nggi yutuqlarida mazkur yo'nalishning ham katta hissasi borligi, shu bois, bo'lajak tibbiyot markazi oldinda turgan g'alabalar uchun ham salmoqli ulush qo'shishi lozimligi haqida to'xtalib o'tdi.  

SHuningdek, uchrashuv davomida obektning zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi, atletlarimiz uchun ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlarni yanada yaxshilash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasida takliflar berildi.  

Toshkent viloyatining Yuqori CHirchiq tumanida qurilayotgan futbol bo'yicha milliy terma jamoalar markazi hududidagi Sport tibbiyoti va reabilitaciya bo'limi loyihasi ham mutasaddi rahbarlar tomonidan muhokama qilindi. 

Yig'ilish so'ngida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bo'yicha Oybek Qosimov malumot berib, mavjud masalalar hal qilinayotganini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing