06 okt 09:35
Yangiliklar
Formula-1
Yaponiya Gran-prisi boshlandi, Fettel ilk poygada eng yaxshi bo'ldi
Afsonaviy Suzuka trassasida “Formula-1” chempionati doirasidagi Yaponiya Gran-prisi start oldi.
Birinchi erkin test poygasida “Ferrari” jamoasi piloti Sebastyan Fettel eng yaxshi natijani qayd etdi. Germaniyalik poygachi 1.29,166 vaqt natijasi bilan yakuniy qaydnomaning birinchi pog'onasidan joy oldi.
U eng yaqin
taqibchisi uch karra jahon chempioni Lyuis Xemiltonni 0,211 soniyaga ortda
qoldirdi. Kuchli uchlikka “Red Bull” jamoasi vakili Daniel
Rikkardo yakun yasadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar