02 dek 13:02
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/23840_220.jpg)
Yaponiya. Musaev jamoasi "Kashima Antlers"ni chempionlikdan mahrum qildi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev to'p tepadigan "Jubilo Ivata" Yaponiya chempionatining 34-turida "Kashima Antlers"ni qabul qildi.
Hamyurtimiz o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada almashtirildi. Bahs gollarsiz yakunlandi va chempionlik uchun kurashayotgan "Kashima Antlers" turnirda ikkinchi o'rinni egalladi. Oltin medallar uchun kurashayotgan "Kavasaki Frontale" so'nggi turda "Omiya Ardiya"ni 5:0 hisobida taslim etdi va to'plar nisbati hisobiga ko'ra Yaponiya chempioniga aylandi.
SHu tariqa, "Jubilo Ivata" mavsumni 58 ochko bilan 6-o'rinda yakunladi. Fozil Musaev joriy mavsum Yaponiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va hakamlar tomonidan 4 bor ogohlantirildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar