17 iyu 07:58
Yangiliklar
Yaponiyalik sportchi UFC chempionligi uchun jang qilishi mumkin
Avvalroq, ushbu turnirning markaziy jangi og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jons va davogar Stipe Miochich o'rtasida o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Xorij OAVlarining malum qilishicha, turnir uchun yana bir chempionlik jangini tashkil etish rejalashtirilmoqda. O'ta engil vazn chempioni, braziliyalik Alexandre Pantoyya UFC 309 turnirida oktagonga qaytishi mumkin. Ahamiyatlisi, unga bu safar yaponiyalik Tatsuro Tayra raqiblik qilishi kutilmoqda.
Tayra ayni damda UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi. U so'nggi jangini 15 iyun kuni Aleks Peresga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi. Alexandre Pantoyya esa oxirgi bor 4 may kuni Stiv Erceg bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Fikrlar