01 okt 14:51
Yangiliklar
Futbol
Yaqin kunlarda "CHelsi"ning yangi sardori kim bo'lishi elon qilinadi
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yaqin vaqt ichida jamoaning yangi sardorini elon qilishi kutilmoqda.
"Aristokratlar"ning hozirgi sardori Gari Kexilldan bog'ich olib qo'yilmaydi, biroq u yanvarda London klubini tark etishi mumkin.
Italiyalik mutaxassis himoyachi Sesar Aspilikueta yoki yarim himoyachi Eden Azardan birini tanlaydi.
"O'z qarorimni elon qilishdan avval klubdagilar bilan yuzma-yuz suhbatlashib olmoqchiman. Jamoam bu yangilikni OAVdan oldin eshitsa yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. So'nggi ikki-uch hafta buning iloji yo'q edi, ammo ushbu haftada rejalarni amalga oshirish mumkin" - deydi Sarri.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar