14 okt 13:24
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/20844_220.jpg)
Yarim finalda Istominni mag'lub etgan Garsiya yakunda chempion bo'ldi
Hozirgina poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent CHellenjer turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning to'rtinchi raketkasi ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes g'alabaga erishdi.
Bir soatu 34 daqiqa davom etgan final bahsida tajribali Garsiya polshalik 21 yoshli Kamil Mayjakni 6:1, 7:6(7:1) hisobida zafar quchdi. Gilermo yarim finalda turnirning birinchi raketkasi hamyurtimiz Denis Istominni 7:6, 6:4 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar