So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

28 dek 21:21
Yangiliklar

SHaxmat

Yarim ochko Abdusattorovni kuchli uchlikdan mahrum qildi. Rapid yo'nalishida o'zbekistonlik shaxmatchilar qayd etgan natijalar bilan tanishing

FIDE Jahon chempionatida rapid bahslari yakunlandi.

Erkaklar o'rtasida tashkil etilgan bellashuvlar 13 partiyadan iborat bo'ldi.

Bahslar yakunida norvegiyalik amaldagi chempion Magnus Karlsen 10 ochko bilan g'olib bo'ldi va ushbu yo'nalishda besh karra chempionga aylandi. Ikkinchi o'rin esa sloveniyalik Vladimir Fedoseevga (9,5 ochko) nasib etdi. 9 ochko jamg'argan YU Yang Yi qo'shimcha ballar hisobiga uchinchi o'rinni egalladi.

O'zbekiston terma jamoasidan 20 nafar shaxmatchi ushbu bahslarda ishtirok etdi.

Eng yaxshi natijamiz esa etakchi vakilimiz Nodirbek Abdusattorovga tegishli bo'ldi. U 13 ta imkoniyatdan 9 ochko jamg'ardi. Afsuski, so'nggi bahdagi durang Nodirbekni kuchli uchlikdan mahrum qildi. Abdusattorov rapid bahslarini 11-o'rinda yakunladi.

To'rt nafar shaxmatchimiz (Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov) musobaqani 8 ochko bilan yakunladi. So'nggi partiyada o'zaro ro'baro' kelgan Vohidov va Sindarov turnirni 30 va 38-o'rinlarda yakunladi. Oxirgi raundda g'alaba qozongan SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov esa 41 va 44-o'rinlarni band etdi.

Xalqaro master Ortiq Nig'matov mundialning rapid yo'nalishida 13 ta imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'ardi va 61-o'rinni egalladi.

Muhammadali Abdurahmonov 6,5 ochko bilan 97-o'rinni band etdi. Muhammadzohid Suyarov hamda Akmal Fayzullaev 6 ochko, Abdimalik Abdisalimov va Humoyun Begmuratov 5,5 ochko, qolgan shaxmatchilarimiz esa bundan pastroq natijani qayd etdi.

Ertaga chempionatning blic yo'nalishidan o'rin olgan o'yinlar start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing