28 iyu 17:40
Yangiliklar
Futbol

Yaya Ture faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
"Barselona" va "Man Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 37 yoshli ivuarlik futbolchining vakillari bir necha klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etish kerakki, Tureda Liga 1'da ishtirok etish bo'yicha tajriba bor. Futbolchi 2006/07 yilgi mavsumda "Monako"da to'p tepgan. Yayaning so'nggi klubi Xitoyning "Cindao Xaynyu" bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar