09 sen 13:44
Yangiliklar
Yen Gerri navbatdagi raqibini malum qildi: "Faqat bitta jang mantiqqa ega!"
Agar Islam navbatdagi jangida UFC yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini Karlos Pratesga qarshi himoya qilsa, Yen Machado Gerri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayottan Maykl Morales bilan oktagonda to'qnash kelishni mantiqiy deb hisoblaydi.
"Men uchun hozir faqat bitta jang mantiqiy – bu Maykl Morales bilan bo'ladigan jang! Men uni mag'lub etsam, Islam bilan yaqindagina jang qilgan bo'lsak ham, aynan men chempionlik jangiga loyiq yagona davogarga aylanaman.
Islam yoki Karlos Prates navbatdagi jangda kim g'alaba qozonishidan qati nazar, baribir bu katta revansh bo'ladi. Agar men chiqib, Maykl Moralesni muddatidan oldin mag'lub etsam va qo'lim ko'tarilsa, mening yana chempionlik imkoniyatiga loyiqligimni inkor etib bo'lmaydi. O'ylaymanki, aynan shu jang navbatdagisi bo'lishi kerak", — dedi irlandiyalik jangchi Eze Talks Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar