So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

18 dek 14:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Yilning so'nggi UFC turniri: UFC Fight Night 199 uchun PREVYU

Teglar :  UFC
Toshkent vaqti bilan 19 dekabr, yakshanba tongida AQSHning Las Vegas shtatida UFCning yana bir turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning markaziy jangida super og'ir vazn toifasi jangchilari, so'nggi jangida chempionlikka asosiy davogar Siril Ganga imkoniyatni boy berib qo'ygan Derrirk Lyuis hamda divizion reytingida 7-o'rinni egallab turgan Kris Daukas oktagonga ko'tariladi. Derrik Lyuis xabaringiz bo'lsa bir vaqtlar hozirda toifa qiroli hisoblangan Frensis Ngannuni mag'lub etgan. Kris Daukas esa dog'istonlik SHamil Abdurahimov ustidan g'alaba qozongan. Ushbu jangdan so'ng har ikki sportchi ham reytingini yaxshilab olish imkoniyatiga ega. 


Ushbu oqshomda shuningdek, yarimo'rta vazn toifasi vakillari Stiven Tompson va Bilol Muhammad ham o'zaro kuch sinashishadi. Stiven Tompson Gilbert Byornsga yutqizib qo'yganidan so'ng diviziya reytingidagi o'rnini biroz yo'qotib qo'ydi. Yakshanba tongida g'alabaga erishsa, yana toplar qatoriga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bilol Muhammad esa ketma-ket 5 jangda g'alaba qozondi va bir jangi natijasi bekor qilindi. Aynan o'sha bahs kim bilan ekanligini bilasizmi? Uning raqibi hozirda chempionlikka asosiy davogar Leon Edvards edi. Bilol ham sekin-asta toplar qatoriga kirmoqda. Agar kutilaetgan bahsda g'alaba qozonsa, unga top-5 dagi raqiblar ro'baro kelishi mumkin.

Xafta so'ngida bizni mana shunday qiziqarli janglar kutmoqda. Turnir natijalarini esa Olamsport.com saytida kuzatib boring.

Akmal Eshboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing