So’nggi yangiliklar

15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 0 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0 13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0

11 dek 15:17
Yangiliklar

Tennis

Yollanma askarlar yoxud Qozog'iston va O'zbekiston tennisini solishtiramiz (tahlil)

Aziz tennis ishqibozlari, ushbu maqolamizda biz siz bilan ikki davlat: O'zbekiston va Qozog'iston tennisini solishtiramiz.

Mazkur maqola orqali qo'shnilarimiz bilan tennisdagi holatimiz haqida o'ziga hos taqqoslash ishlarini olib borishga urinib ko'ramiz.


Qozog'iston tennis federaciyasi prezidenti Bulat Utemuratov:

"Biz sizning farzandlaringizni moliyaviy qiyinchiliklar sababli faoliyatini boshlamay turib tugatishini oldini oldik. Qozog'iston tennis federaciyasi Prezidenti Bulat Utemuratov "Sovetskiy sport" muxbiri bilan uchrashuvda Qozog'istonning rossiyalik tennischilarni ommaviy ravishda taklif qilgani sabablarini muhokama qildi.

Bir necha yil oldin Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakatda tennis rivojlanish dasturiga imzo chekdi, - deydi suhbatni boshlagan Bolat Jomitovich. - Hozirda har bir viloyatda zamonaviy tennis markazlari mavjud. Bolalar sportini rivojlantirishga katta kuchlar tashlandi, ammo Qozog'istonda o'smirlar havas qiladigan va unday bo'lishga intiladigan haqiqiy yulduzlar yo'q edi (bizning fikrimizcha hozir ham yo'q - H.M). SHuning uchun biz ruslarni taklif qilish qaroriga keldik. Lekin biz sizning istedodlaringizni o'g'irlamadik. Qozog'istonda o'ynashga rozi bo'lgan bolalar va qizlar Rossiya terma jamoasi tarkibiga kira olmas edilar. O'sha paytda ular odatiy mashq qilish imkoniga ham ega emas edilar. Ha, tan oladigan bo'lsak, ushbu tennischilar Qozog'istonning yordamisiz hech qachon bunday muvaffaqiyatlarga erishmagan bo'lardilar.

Golubev Gamburg, Kukushkin Sankt-Peterburgdagi yirik musobaqada g'olib chiqdi, SHvedova "Uimbldon" va AQSH Ochiq chempionatida juftlik bahslarida g'olib bo'ldi. Taklif etilgan barcha narsalar treningni moliyalashtirishdir. Qozog'iston o'qituvchilar uchun mablag' ajratdi, to'lovlar, reyslar... Bori, shu! Har bir sportchi pullarni turnirlarda ishlab topishi kerak. Garchi men yashirishni istamasam-da, reytingda egallangan o'rinlar uchun ham bonuslar tizimi mavjud, ammo bu oddiy sport imtiyozidir. Tabiiyki, sizning tennischilaringiz o'sadi. Qozog'istonda tennis juda mashhur. Masalan, Zarina Diyas o'sdi: 18 yoshda qiz "Kreml kubogi"ning chorak finaligacha etib bordi. Hozirgi yulduzlarga qiziqqan boshqa iqtidorli bolalar ham bor...".

12 aprel, 2012-yil. Jurnalist Nikolay Misin.


Keling endi reytinglarga murojat qilaylik. Qozog'istonlik tennischilarning "Top5"ligi:

1)Mixail Kukushkin(74)

2)Aleksandr Bublik(117)

3)Dmitriy Popko(224)

4)Aleksandr Nedovesov(259)

5)Denis Evseev(547).

Ushbu ro'yxatdan Qozog'istonning kuchli 5 nafar tennischisi joy olgan va ulardan faqatgina Denis Evseev Qozog'istonda tug'ilib o'sgan. Qolgan sportchilar rossiyaliklar hisoblanadi.


Andrey Golubev Gamburgdagi turnirda

Endi O'zbekistonning "Top5" tennischilari bilan tanishing:

1)Denis Istomin(63)

2)Sanjar Fayziev(396)

3)Jo'rabek Karimov(614)

4)Temur Ismoilov(826)

5)Humoyun Sultonov(942).

Bizning Denis Istomin Rossiyaning Orenburg shaxrida tug'ilgan. Ha, faqat tug'ilgan. Ammo, u o'zbek tennis maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va sportning ushbu turi ko'nikmalarini aynan bizning yurtimizda o'zlashtirgan. Qolgan sportchilar o'zimizning o'zbek tennis maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligiga shubha qilmasangiz ham bo'ladi.

"Devis Kubogi" norasmiy jahon chempionati reytingida ham qozog'istonliklar yuqoriroq joylashgan. Ha albatta, bu narsalar hammasi kuchli legionerlar hisobigadir. Qozog'iston tennischilari hisobida ikkita ATP titullari mavjud. Yuqorida aytib o'tilganidek Golubev Gamburgda, Kukushkin esa Sankt-Peterburg g'alaba qozongan.

Bizda Denis Istomin hisobida Nottengem va CHengdu turnirlari g'olibligi mavjud. 2017 yilgi musobaqalarni solishtiradigan bo'lsak, Qozog'istonda 3 ta "CHellenjer" hamda 7 ta "Fyuchers" musobaqalari, O'zbekistonda esa 4 ta "CHellenjer" va 4 ta "Fyuchers" musobaqalari tashkil etilgan.

Qo'shnilarimiz tashkil etgan musobaqalarning umumiy sovrin jamg'armasi 370 000 AQSH dollariga teng. O'zbekiston esa bu musobaqalarni tashkil etish uchun 425 000 AQSH dollari miqdorida mablag' sarflagan. Demak, ko'rinib turibdiki qo'shnilarimizda musobaqalarning soni ko'p, bizda esa sifat ustunroq.


Istomin CHengdudagi turnir g'olibi

Endi ayollar tennisiga murojat etsak. Qozog'istonlik eng kuchli 5 nafar tennischi:

1)Yulya Putinceva(51)

2)Zarina Diyas (66)

3)Yaroslava SHvedova (289)

4)Go'zal Aynitdinova(421)

5)Galina Voskoboeva(438).

Bu erda Zarina Diyas va Go'zal Ainitdinovalar asli Qozog'istonda tug'ilgan sportchilar hisoblanadi. Qolganlar esa rossiyalik legionerlardir.




O'zbek tennischilari "Top5":

1)Sabina SHaripova(163)

2)Nigina Abduraimova(300)

3)Oqgul Omonmurodova(375)

4)Albina Habibulina(604)

5)Kamola Umarova (796).



Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan qizlarning barchasi O'zbekistonda tug'ilib, shu erda tennis sir-asrorlarini o'rganishgan. Qozog'iston tennis federaciyasi 2017 yilda jami ITF musobaqalari uchun 215 000$ miqdorida pul sarflagan. O'zbekiston tennis federaciyasi 4 ITF va bitta WTA musobaqalari uchun 350 000$ sarflagan.

Qozog'iston Federaciya kubogida ham reytingda bizdan balandda joylashgan.

Endi ikki davlan tennisini umumiy qilib solishtirganda, Qozog'iston tennisi kuchli va katta bir maktabga ega emas. Terma jamoa asosan chetdan taklif etiladigan tennischilarga muhtoj. (Zarina Diyasdan boshqa tennischini eshitmaganman to'grisi). Demak qo'shnilarimiz pul sarflash orqali o'z reytinglarini ushlab turibdilar.

Bizda esa maktab mavjud. Bunga misol qilib Iroda To'laganova(16), Oqgul Omonmurodova(50), Varvara Lepchenko(19), Farruh Do'stov(98), Ilhan Marsel(77) va boshqa tennischilarni ko'rsatishimiz mumkin. Bu tennischilar faoliyati davomida "Top100" ga kirgan sportchilarimizdir. Faqat ushbu ro'yhatdan joy olgan Varvara Lepchenko hozirda AQSH sharafini himoya qilib keladi. Ilhan Marsel esa Turkiya nomidan turnirlarda ishtirok etadi.

SHuni tan olishimiz kerakki, bizning kuchli tennis maktabimiz faqatgina poytaxtda. Agar federaciya mana shu maktabga yana sarmoya kiritsa va viloyatlarga ham etiborni kuchaytiradigan bo'lsa, yaqin kelajakda "Top100"ga kirgan tennischilarimizni sanashga barmoqlarimiz kamlik qilib qoladi.

P.S. Biz bu maqola orqali qaysidir tomonni oqlash yoki qoralash niyatidan yiroqmiz. Bu shunchaki sport va unda kuchlilar g'alaba qozonadi. Mulohaza qilish esa sizdan!


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
11 dek 17:27:03
alimov_shukur
husniddin qadizni urung. saytni reytingini oshiropsiz. maqola manga yoqdi. yangi malumotlarni qo'lga kiritdim. mehnatiz uchun rahmat. charchamang. ko'tamiz yangi yangi maqolalar.
+2   
12 dek 09:40:51
Aziz
Ажойиб мақола
+1   
12 dek 10:22:03
КОНЪСУЛ
Ажойиб мақола, раҳмат
+1   
11 dek 21:52:48
Fourcade
зур макола булибди яхши рахмат
   
12 dek 08:08:42
ABUXASAN
bizdan oldindekan nima qilasiz yozib
   
11 dek 19:16:21
Husniddin Mirzaliyev
Rahmat!
   
11 dek 18:47:35
Rasulbek...1998
Zo'r gap yo'q
   
11 dek 17:29:24
alimov_shukur
har soxada uzbek qozoq raqobati bor. buni holimizmi yo'q shunaqa. hamyurtlarimizga baribir omad. lekin qaysi tomon tosh bosotganini 3 chi tomon etirof etishi kerak.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing