So’nggi yangiliklar

18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0

13 may 12:58
Yangiliklar

SHaxmat

Yoqubboev asosiy raqibini engib, karvonboshiligini mustahkamladi

SHu kunlarda poytaxtimizda shaxmat bo'yicha erkaklar o'rtasida mamlakat chempionati oliy liga bahslari davom etmoqda.

Aylana tarzda o'tkazilayotgan musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti. 

O'ninchi turda yosh shaxmatchi chempionat peshqadami Nodirbek Yoqubboev oq donalarda harakat qilib, eng yaqin taqibchisi o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Javohir Sindarovni mag'lubiyatga uchratdi. Dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster bo'lgan Nodirbek Abdusattorov esa qora donalarda o'ynab, Abdumalik Abdusalimov bilan murosaga keldi. 

Bugun o'tkaziladigan 11-tur oldidan Nodirbek Yoqubboev 10 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, yakka peshqadamga aylanib oldi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinda borayotgan Nikita Xoroshev hisobida 6 ochko bor. Marat Jumaeva, Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov va Tohir Vohidov ham 6 ochkoga ega bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing