So’nggi yangiliklar

16:51Бектемир Мелиқўзиев: "Камар учун жанг қиламан, бу тасдиқланди!" 0 16:30WTA рейтинги. Теннисчимиз 32 ўринга юқорилади, бу унинг энг яхши натижаси. Қолганларчи? 0 16:09Дональд Трамп UFC жангчисига ёрдам беради 0 15:48ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартнома бўйича келишиб олди 0 15:27Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альварес билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:06ATP рейтинги. Султонов 139 поғонага пастлади. Қолганларнинг ҳолати қандай? 0 14:45Бектемир Мелиқўзиев: "Сўнгги синов жанги берилганди" 0 14:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди 0 14:03Макгрегор UFC сукунати фонида сабрнинг чеки борлигини эслатиб қўйди 0 13:42Муҳаммад Мокаев: "Бир неча нокаут ва мен яна ўша ерда бўламан" 0 13:21"Странжа" турнирининг иккинчи куни Тўрабек Хабибуллаев ва яна 10 боксчимизга мухлислик қиламиз 0 13:00Адвокат Кюрасао терма жамоаси бош мураббийи лавозимини тарк этди 0 12:39Нодирбек Абдусатторов мураббийини алмаштирди 0 12:18Мадияр Саидраҳимов ва Саиджамшид Жафаров Москвада рингга чиқди 0 11:57Райан Гарсия Марио Барриосдан икки баробар кўпроқ гонорар олди 0

28 dek 08:24
Yangiliklar

SHaxmat

Yoqubboev jahon chempionatida yana bir grossmeysterni mag'lub etdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda uch nafar istedodli yosh shaxmatchilarimiz ham ishtirok etishyapti. Umumiy mukofot jamg'armasi 1 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi jahon chempionatining rapid yo'nalishida kecha bir nechta tur uchrashuvlari o'tkazildi. 

Hamyurtlarimizdan xalqaro master Nodirbek Yoqubboev hozircha so'nggisi bo'lib turgan 10-partiyada gruziyalik xalqaro grossmeyster Levan Panculayani mag'lubiyatga uchratdi. 

Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchrata olgan xalqaro master SHamsiddin Vohidov 10-turda qora donalarda rossiyalik xalqaro grossmeyster Aleksey Saranaga imkoniyani boy berdi. 

Yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov rossiyalik yana bir xalqaro grossmeyster Konstantin Sakaevga yutqazib qo'ydi. Bugun 11-partiyada Yoqubboev qora donalarda gruziyalik grossmeyster Ivan Ivan CHeparinov, SHamsiddinov ukrainalik grossmeyster Eldar Gasanov, Abdusattorov esa rossiyalik grossmeyster Pavel Tregubovga qarshi dona suradi. 

O'ninchi partiyadan so'ng hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijaga Nodirbek Yoqubboev ega bo'lib turibdi. U 6,5 ochko bilan 18-34 o'rinlarni egallab turibdi. Yani 18-pog'onadagi shaxmatchida ham 6,5 ochko bor. SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov 5 ochkodan jamg'arishgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing