So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 may 08:22
Yangiliklar

SHaxmat

Yoqubboevda durang, taqibchilar farqni qisqartirishdi

Poytaxtimizda davom etayotgan shaxmat bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy liga bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Aylana tarzda o'tkazilayotgan musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti. 

O'n birinchi turda yosh shaxmatchi chempionat peshqadami Nodirbek Yoqubboev qora donalarda harakat qilib, Saidakbar Saydaliev bilan durang o'ynadi. Bundan yaqin taqibchilar unumli foydalanib qolishdi. Nikita Xoroshev Abdumalik Abdusalimovni, maktab o'quvchilari o'rtasida jahon chempioni Javohir Sindarov esa Elbek Jumanovni mag'lubiyatga uchratdi. 

Dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu safar ham durang bilan kifoyalandi. Abdusattorov tajribali grossmeyster Marat Jumaev bilan murosaga keldi. Akmal Fayzullaev grossmeyster Aleksey Barsovni engdi.

Bugun o'tkaziladigan 12-tur oldidan Nodirbek Yoqubboev 11 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, yakka peshqadam bo'lib turibdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinda borayotgan Nikita Xoroshev hisobida 7 ochko bor. Javohir Sindarov ham 7 ochko jamg'argan. Marat Jumaev, Nodirbek Abdusattorov va Tohir Vohidov 6,5tadan ochkoga ega bo'lib turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing