13 may 17:02
Yangiliklar
Dzyudo
Yosh dzyudochilarimizdan navbatdagi medallar!
Livanda dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
O'tkazilgan bellashuvlar yakuniga ko'ra, sportchilarimiz umumiy hisobda 6ta medal qo'lga kirita oldilar. Vakillarimiz 2ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishga muvaffaq bo'ldilar.
Hamyurtlarimizdan Behruz Amandavlatov (-66kg) va Gulnur Muratbaeva (-44kg) oltin, Dilshodbek Yo'ldoshev (-66kg) kumush, Diyora Keldiyorova (-48kg), Ibodat Agajanova (-57kg) va Obidxon Nomonov (-73kg)lar bronza medali sohibiga aylandilar.
Eslatib o'tamiz, ushbu Osiyo chempionati III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini ham beradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar