25 mar 16:40
        Yangiliklar	
	
				
				    Dzyudo			    
				 
				
			 
				Yosh dzyudochilarimizning Belarusdagi muvaffaqiyati FOTOGALEREYA
Belarusning Gomel shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi. 
			O'z tarixida ikkinchi bor tashkil etilgan "Prayd Kubogi"da 11 davlatdan 2006-2007, 2008-2009 hamda 2010-2011 yillarda tavallud topgan jami 1000 nafarga yaqin o'smir dzyudochilar ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini esa O'lmas Gulliev murabbiyligida o'zbekistonlik dzyudochilar himoya qilishdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan 3 nafari taqdirlash marosimida shoxsupaga ko'tarildi. Inom Bahodirov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Ubaydulloh Botirov va Inoyatullo Telmonov esa bronza medalini qo'lga kiritdi.











            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar