11 dek 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Yosh Javohir Ummataliev o'zining ilk Osiyo chempionatida oltin medalga ega chiqdi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuni sari yaqinlashib bormoqda.
Musobaqada -75 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Javohir Ummataliev final jangida qozog'istonlik Dias Moljigitovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Javohir Ummataliev 5:0 hisobida g'alabaga erishib, navbatdagi oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
SHu tariqa, O'zbekiston erkaklar terma jamoasining mazkur Osiyo chempionatidagi oltin medallari ettitaga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar