13 noy 10:55
Yangiliklar
Yosh merganlar musobaqasi davom etmoqda
Dastlabki kun pnevmatik to'pponchadan o'q otish bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi saralash bahslari o'tkazilib, unda mamlakatimizning turli burchaklaridan kelgan 36 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Eng yaxshi natijani qayd etgan 8 nafar sportchi finalda shaxsiy birinchilik uchun kurashni davom ettirishdi. Kutilganidek Toshkent shahri jamoasi vakili, terma jamoa etakchisi Vladimir Svechnikov eng yaxshi natija qayd etdi
Final natijalari:
1.Vladimir Svechnikov (Toshkent-1) 234,5
2.Jahongir Ahmadjonov (Farg'ona vil) 233,7
3. Refat Girfanov (Samarqand vil) 210,0
4. Doniyor Mahamatjonov (Toshkent-2) 189.1
5. Geororiy Vabanovskiy (Andijon vil) 167.7
6.Javohirbek Xo'jaev (Toshkent-3) 149.3
7.Mamurbek Anvarov (Toshkent-4) 129.1
8.Muhammad Kamolov (Namangan vil) 107.5
Xurshid Nematullaev tayyorladi
Fikrlar