16 okt 08:16
Yangiliklar
Yosh sambochilarimizning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyati
Dunyoning yuzga yaqin davlatidan istedodli sambochilar ishtirok etgan yilning ushbu nufuzli musobaqasida 22 nafar sportchidan iborat O'zbekiston sambo terma jamoasi ham munosib tarzda qatnashdi.
Sambochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza, jami 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Sambo sport turi vatani hisoblangan Rossiya terma jamoasi esa birinchi bo'ldi.
Hamyurtlarimizdan o'z vazn toifalarida Mironshoh Sultonov va Klara Dermenbaeva barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylanishdi.
Finalgacha mag'lubiyatsiz etib kelgan Nilufar Rahmonova, SHahzod Tagiev va Jasurbek Mahamatqulov kumush medal bilan taqdirlanishdi. Madina Turg'unboeva, Ibodatxon Agajanova, Musharraf Ibodullaeva, Oybek Usmonov hamda Firdavs Xojimamatov bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Fikrlar