23 iyu 12:53
Yangiliklar
Yosh shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida peshqadamlik qilishyapti
Musobaqa 8,10 hamda 12 yoshgacha bo'lgan o'smir va qizlar o'rtasida tashkil etilyapti. Jahon chempionatida Sevara Boymurodova boshchiligidagi jami 14 nafar yosh shaxmatchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Tezkor shaxmat bo'yicha ikkinchi FIDE jahon chempionatining birinchi kuni yosh aql idrok sohiblarimiz uchun omadli keldi.
Dastlabki ikki shaxmatchilar 4ta partiyada o'zaro bahslashishdi. Hamyurtlarimizdan 4 nafari barcha partiyada g'alaba qozoniyu, yuz foizlik natija qayd etishdi. Humoyun Bekmurodov 8 yoshilar bahsida, Olmos Rahmatullaev 12 yoshlilar, Umida Omonova va Mohinur Habibullaeva 12 yoshli qizlar musobaqasida karvonboshiga aylanib olishdi.
SHaxmatchilarimizdan Barchinoy SHokirjonova, Islombek Sindarov, Afruza Hamdamova 3 g'alaba va bir durang bilan mag'lubiyatsiz odimlashyapti. Jahongir Komilov, Ruqiya Olimova va SHahzoda Hasanova 4 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arishdi.
Fikrlar