So’nggi yangiliklar

09:28Macedonian Open. Фомин саралашни муваффақиятли якунлаб, асосий тўрга чиқди 0 09:07Чавандозларимиз Бишкек турнирини 7 та медаль билан якунлашди 0 08:46Мбаппенинг укаси ҳам ПСЖни тарк этади 0 08:25UFC Шара Буллетга рақиб берди 0 08:042024 йилнинг биринчи чорагида МОҚ учун 73 355 700 000 сўм ажратилибди 0 07:43Бугун Абдураимова "Ролан Гаррос"даги иштирокини бошлайди 0 07:22Мбаппе Париж марказида 250 кишилик кечки овқат ташкил қилди 0 07:01Свитолина Страсбургда чемпионлик ҳимоясига киришди 0 19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0

16 may 12:38
Yangiliklar

SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz O'zbekiston chempionatida qancha pul ishlab olishdi?

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda shaxmat bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy liga bahslari yakunlandi.

Tajribali grossmeysterlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan 16 yoshli shaxmatchi Nodirbek Yoqubboev 13 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg'arib, O'zbekiston chempioniga aylandi. Nodirbek 2016 yilda ham mamlakat chempioni bo'lgan edi. 

Yigirma olti yoshga to'lgan Nikita Xoroshev 9 ochko bilan kumush, 13 yoshli Javohir Sindarov 8,5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi. O'zbekiston shaxmat federaciyasi g'olib hamda sovrindorlarga medal va diplomdan tashqari pul mukofotlarini ham taqdim etdi. 

Jumladan, O'zbekiston chempionligiga erishgan Nodirbek Yoqubboev 8 million sumga ega bo'ldi. Kumush medal sohibi Nikita Xoroshev 4 million, bronza medali sovrindori Javohir Sindarov ham 4 million so'mlik chekni qo'lga kiritdi. 

To'rtinchi o'rinni band etgan tajribali grossmeyster Marat Jumaev 2 million so'm, 5-7 pog'onalardan joy olgan Nodirbek Abdusattorov, Tohir Vohidov, Saidakbar Saydaliev o'z hamyonlarini 1 million so'mga boyitib olishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing