12 sen 19:01
Yangiliklar
SHaxmat
Yosh shaxmatchilarimizni tantanali kutib olish marosimidan FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 4-11 sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6 yoshdan 20 yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkazilgan G'arbiy Osiyo chempionati ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Musobaqada O'zbekiston sharafini 11 nafar shaxmatchimiz himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdumalik Abdusalimov va Muhammadali Abdurahmonov hamda ayollar o'rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Bahora Abdusattorova ham bor edi.
Musobaqa yakunida terma jamoamiz azolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Tantanali kutib olish marosimida federaciya vakillari, keng jamoatchilik, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo'ldi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar