So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

12 iyu 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimizning Batumidagi “triumfi”+FOTO!

Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnir yakunlandi.

O'z tarixida to'rtinchi bor o'tkazilgan Batumi festivalida 10ta davlatdan 37 nafar shaxmatchi dona surdi. Ular orasida o'zbekistonlik shaxmatchilar ham muvaffaqiyatli tarzda olimlashdi. 

Jumladan, Jahongir Komilov 8 yoshgacha shaxmatchilar musobaqasida 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg'arib, xalqaro festival g'olibiga aylandi. O'n uch yoshli xalqaro master Javohir Sindarov (2474) esa 10-raqam ostida harakat qilganiga qaramay, asosiy turnirda 6 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi. 

Sindarov 9ta partiyadan faqat bittasida gruziyalik xalqaro grossmeyster Levan Panculave (2575)ga 6-turda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Javohir 4ta uchrashuvda g'alaba qozondi va yana shuncha partiyada durang o'ynadi.

Sindarov gruziyalik grossmeysterlar - Giga Guparashze va Davit Magxalashvili bilan murosaga keldi. Reytingda birinchi o'rinda turgan qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Rinat Jumabaevni mag'lub etgani esa haqiqiy shov-shuvga sababchi bo'ldi. 

SHaxmatchilarimizdan Robiyaxon Sardorova C Open musobaqasida ishtirok etdi va 6,5 ochko bilan umumiy qatnashchilar orasida 5, ayol shaxmatchilar o'rtasida esa 1-o'rinni egalladi. 

Bundan tashqari, Batumi festivalida FM Ortiq Nig'matov (2461) va Bobur Sattorov (2328) ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Endi shaxmatchilarimiz xuddi shu tarkib bilan 13-20 iyul kunlari Gruziyaning Poti shahrida o'tkaziladigan 13-xalqaro shaxmat festivalida ishtirok etishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing