26 apr 11:13
Yangiliklar
Futbol
Yoshlar o'rtasidagi ECHL g'olibi malum bo'ldi. Finalda 6:0 hisobi qayd etildi!
Yoshlar o'rtasidagi chempionlar ligasi finali “Zalcburg” hamda “Benfika” o'rtasida bo'lib o'tdi.
Unda lissabonliklar raqiblarini yirik 6:0 hisobida taslim etgan holda bosh sovrin egasiga aylandi. “Benfika” o'z tarixda ilk bor mazkur musobaqada g'olib bo'ldi, avstriyaliklar esa 2017 yil kubokni boshi uzra baland ko'tarishgandi.
Malumot o'rnida, yoshlar o'rtasida ECHL 2013 yildan beri o'tkazib kelinadi. Hozirgacha eng ko'p titulni “CHelsi” va “Barselona” (2 tadan) qo'lga kiritgan.
"Zalcburg" (Avstriya) — "Benfika" (Portugaliya) — 0:6 (0:2)
"Kolovrey" sport markazi, Non.
Gollar: 0:1 — Netu, 2; 0:2 — Arauxo, 15; 0:3 — N'Dur, 53; 0:4 — Arauxo, 58; 0:5 — Semedu, 69; 0:6 — Arauxo, 89 (penalti).
Finalda xet-trikka erishgan Arauxo
Havola :
Fikrlar