12 mar 10:33
Yangiliklar

“Yoshlar shaxmat taxtasi”da g'oliblar aniqlandi
To'rt kun davom etgan musobaqalarda diyorimizni turli hududlaridan tashrif buyurgan 168 nafar o'g'il qizlar g'oliblik uchun bellashishdi. Maktab, tuman, viloyat bosqichlaridan saralanib kelgan aql gimnastikachilari 6 guruhga bo'lingan holda ishtirok etishdi.
Bellashuvlarning dastlabki kunida Buxoro, Farg'ona, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining yosh shaxmatchilari o'z imkoniyatlarini yaxshilab olishdi.
Yakuniy ochkolar natijasiga ko'ra, Buxoro viloyati jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 2-o'rin Navoiy viloyati yoshlariga nasib etdi. 3-o'rinni surxondaryolik shaxmatchilar band etishdi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlariga Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tasis etilgan kubok va medallar, esdalik sovg'alar topshirildi.
Fikrlar