So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

21 iyu 08:30
Yangiliklar

Futbol

Yoshlar terma jamoamiz Singapurda eronlik tengdoshlariga mag'lub bo'ldi

Teglar :  O'zbekistonU-19Eron
SHu yilning 13-30 oktyabr sanalari davomida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar U-19 terma jamoasi navbatdagi yig'inini Singapurda o'tkazmoqda.

Ushbu yig'in doirasida Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha Singapur Futbol Asociaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o'rtasidagi xalqaro turnir doirasida Eron U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. Avvaliga, 18-daqiqada eronliklar hisobni ochgan bo'lsalar, uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan bir pallada SHarof Muhiddinov hisobni tenglashtirdi.

O'yin yakunlanishi bilan penaltilar seriyasi o'tkazildi va unda Eron yoshlar terma jamoasi 5:4 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Singapurdagi yig'ini 24 iyulgacha davom etadi.

FAS U-21 International Challenge Cup

Eron U-19 – O'zbekiston U-19 1:1 (pen. 5:4)

Gollar: Ali Taheron (18) – SHarof Muhiddinov (90+3)

O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Oybek Rustamov, Xojakbar Alijonov, Xushnudbek Avilov, Azizjon G'aniev, Saidjamol Davlatjonov, SHarof Muhiddinov, Nurillo To'xtasinov, Doston Ibragimov, Bobir Abduxoliqov.

Zaxira: Umidjon Ergashev, Jamshid Yusupov, Suxrob Nurilloev, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Suyunov, Xusniddin G'ofurov, Begzod G'anijonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing