08 okt 10:39
Yangiliklar

Yoshlarimiz Jahon chempionatini 6 ta medal bilan yakunlashdi + FOTO
Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi va quvonarlisi, 3 nafar dzyudochimiz jahon chempionati medallariga ega chiqishdi. Umida Nig'matova (+78 kg) finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal qo'lga kiritdi. Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatini 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 65 davlat orasida 10-o'rinda yakunladi. Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan kutilganidek, bu borada birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Braziliya va IJF jamoalari joy oldi.
Jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Kumush medal
+78 kg: Umida Nig'matova
Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Camariddin Qo'chqorov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
Fikrlar