24 okt 10:45
Yangiliklar

Yoshlarimiz Osiyo chempionati saralashi uchun Dushanbega yo'l olmoqda
Terma jamoamiz keyingi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash bahslarida qatnashadi. Vakillarimiz o'rin olgan guruhning saralash o'yinlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekistoning guruhida Tojikiston, Xitoy Taypeyi va Gongkong jamoalari o'rin olgan. Guruhda birinchi bo'lgan jamoa Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l oladi.
Kecha qizlar jamoamizni kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FF terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov qatnashib futbolchilarga omad tilashdi.
Malumot uchun, aynan mana shu jamoa o'tgan hafta Toshkentda bo'lib o'tgan musobaqasida chempion bo'lgan edi.
Saralash bahslari taqvimi:
27 oktyabr
O'ZBEKISTON - Tojikiston
Xitoy Taypeyi - Gongkong
29 oktyabr
Tojikiston - Xitoy Taypeyi
Gongkong - O'ZBEKISTON
31 oktyabr
O'ZBEKISTON - Xitoy Taypeyi
Gongkong - Tojikiston
Fikrlar