31 avg 13:40
Yangiliklar
Dzyudo
Yoshlarimiz Osiyo chempionatining ilk kunini 7 ta medal bilan yakunlashdi, 3 tasi oltin!
Hozirgina Koreya Respublikasining Mungyong shahrida o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.
Bugungi saralash bellashuvlaridan so'ng 8 dzyudochimiz final dasturiga yo'llanma olgandi. Ulardan 7 nafari yakunda Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari safidan joy oldi. Laziza Haydarova (-48 kg), Murodil Murodillaev (-60 kg) va Zamohshari Bekmurodov (-66 kg) o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal sohiblari
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Murodil Murodillaev
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
Kumush medal sovrindorlari
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
Bronza medal sovrindorlari
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Despina Bochkova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar