08 iyu 08:43
Yangiliklar
Yoshlarimiz Osiyo Kubogida 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi
Yoshlar o'rtasidagi ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza, jamo 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi. Neytral maqomda qatnashgan rossiyalik dzyudochilar 6 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 1-o'rinni band etishdi. Bitta oltin medal 1-o'rin masalasini hal qildi.
Qozog'iston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Keyingi o'rinlarni Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Mo'g'uliston, Eron terma jamoalari band etishdi.
Eslatib o'tamiz, kadetlar o'rtasidagi Osiyo Kubogida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumush, 16 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagandi.
Fikrlar