So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

18 apr 07:21
Yangiliklar

Boshqalar

Yozgi biatlon bo'yicha mamlakat chempionlari aniqlandi

O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent viloyati CHirchiq shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomidagi o'quv-mashg'ulotlar bazasida yozgi biatlon bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida mamlakat chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 100 ga yaqin mahoratli sportchilar o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. CHempionatning dastlabki kunida biatlonchilar rollerda bahs olib bordi. Qizlar o'rtasidagi bahslarda Toshkent viloyati vakili Inobat Tojieva eng yaxshi ko'rsatkich qayd etdi. 

Ikkita o'q otish yo'lagiga ega 6 km.lik poygada uning jamoadoshi Naima Bekmuratova 2-o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan poytaxtlik Anastasiya Zolotarenko joy oldi.

photo5312021891520768594.jpg

Ushbu yo'nalishda o'g'il bolalar o'rtasida kechgan musobaqada Toshkent viloyati vakili Dilmurod Abdurahmonov g'alaba qozondi. Surxondaryolik Vitaliy Slastyon 2-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, mezbon sportchi Beynbet Begasilov shohsupaning 3-pog'onasini band etdi.

Musobaqa mamlakatimiz yoshlari orasida sportning texnik va amaliy turlaridan biri bo'lgan yozgi biatlonni yanada rivojlantirish, uni o'g'il-qizlar orasida ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni aniqlab olish maqsadida uyushtirildi.

Yozgi biatlon bo'yicha O'zbekiston ochiq kubogining sprint va pasyut yo'nalishlarida o'tkazilgan bellashuvlarda g'oliblik uchun kurash yanada murosasiz kechdi. O'g'il bolalar o'rtasida sprint musobaqasida farg'onalik Muzaffar Mamasoliev zafar quchdi. 4 kilometr masofa hamda ikkita o'q otish yo'lagidan iborat bahslarda 2-o'rinni surxondaryolik Vitaliy Slastyon egalladi. Kuchli uchlikdan farg'onalik Nurmuhammad Qosimov joy oldi.

Qizlar o'rtasida samarqandlik Sevara CHorieva birinchi bo'lib marraga etib keldi. Uning jamoadoshi Madina Sagatova esa 2-o'rinni egallagan bo'lsa, 3-o'ringa namanganlik SHohsanam Abdullaeva sazovor bo'ldi.

Pasyut yo'nalishidagi poygalarda farg'onalik Muzaffar Mamasoliev ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritdi. Uning jamoadoshi Fayzulla Urazxodjaev esa kumush medalga loyiq ko'rildi. Bronza medali mezbon sportchi Begzod Bekovga nasib etdi.

Qizlar o'rtasida ushbu yo'nalishda samarqandlik sportchilar Sevara CHorieva hamda Madina Sagatova navbatdagi oltin va kumush medallarni o'zlariniki qildi. Namanganlik Adolat To'raeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobaqaning so'nggi kunida hakamlar individual poygalarda kuchlilarni saralab oldi. 7 kilometr masofada 4ta o'q otish yo'lagidan iborat bellashuvlarda 47 nafar sportchi startga chiqdi. O'smirlar o'rtasida o'tkazilgan poygalarda mezbonlar vakili Dilmurod Abdurahmonovga teng keladigan sportchi bo'lmadi. 

Farg'onalik Muzaffar Mamasoliev ikkinchi natijani qayd etdi. Kuchlilar safidan surxondaryolik Vitaliy Slastyon ham joy oldi. Takidlash kerak, mazkur sportchilar sprint va pasyut yo'nalishlarida ham sovrinli o'rinlarni band etgandi.

Umumjamoa hisobida Farg'ona viloyati jamoasi 1-o'rinni egalladi. Namanganlik biatlonchilar 2-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Toshkent viloyati sportchilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing