13 apr 14:31
Yangiliklar
Yozgi biatlon. O'zbekiston chempionati start oldi
Bellashuvlarda 100ga yaqin yosh sportchi g'oliblik uchun kurash olib bormoqda. Musobaqada birinchilardan bo'lib o'g'il bolalar o'rtasida sprint bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan kurashlar yakuniga ko'ra Farg'ona viloyatidan tashrif buyurgan Muzaffar Mamasoliev birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Surxondaryolik Vitaliy Slastyon ikkinchi o'rin sohibiga aylangan bo'lsa, Samarqand viloyati vakili Bunyod Muxiddinov uchinchi natijani qayd etdi.
Qizlar o'rtasidagi sprint bahslarida esa samarqandlik sportchilar – Madina Sagatova hamda Sevara CHorievalar mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Uchinchi o'rin Toshkent poytaxt viloyati vakilasi Zuxra Xalimovaga nasib qildi. Bugun musobaqa davomida taqib poygalari tashkil qilingan.
Fikrlar