So’nggi yangiliklar

12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0

15 sen 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Yulduzlar ko'z o'ngida o'tgan Gulistondagi prof boks oqshomidan FOTOGALEREYA

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida navbatdagi professional boks turniri o'tkazildi.

"Alpomish" majmuasida o'tkazilgan professional boks turnirini bevosita Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliev kuzatib bordi. Parij-2024 Olimpiadasi chempionlari Bahodir Jalolov, Abdumalik Halokov, Lazizbek Mullojonov, Olimpiadada yorqin jang namoyish etgan To'rabek Habibullaev, murabbiy-sekundant sifatida dovrug' qozongan Akmal Hasanov turnir mehmonlari sifatida janglarni tomosha qilishdi.

Oqshomning markaziy jangi 72 kg vaznda sirdaryolik Ramil SHukumerov hamda tojikistonlik Rasulbek Ahadov o'rtasida bo'lib o'tdi. To'liq davom etgan jangda SHukumerov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Jang davomida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov Ramilni qo'llab-quvvatlab, unga ring tashqarisidan ko'rsatmalar berib turdi.

Bokschilarni taqdirlash marosimida O'zbekiston professional boks federaciyasi prezidenti Umid Yakubov, federaciya birinchi vice-prezidenti G'ofur Rahimov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.  

Kechagi prof boks turnirida Ulug'bek To'rabekov (Sirdaryo), Hayotbek Mashrabov (Farg'ona), Iqbol Salimov (Tojikiston), Islombek Mo'minov (Toshkent viloyati), Miralijon Mavlonov (Buxoro), Mirkomil Saytohunov (Andijon), Temurbek Xazratqulov (Sirdaryo) singari bokschilar g'alaba qozonishdi. Muhammadaziz O'ktamov (Farg'ona) va Faxriddin Mamatxo'jaev (Andijon) o'rtasidagi jangda durang natija qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing