So’nggi yangiliklar

17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0 14:08Жо Роган Оқ уйдаги UFC турнирини қандай сақлаб қолиш мумкинлигини тушунтирди 0 13:47"Бу қизил эмас!" — Машҳур ҳакам Вальверденинг четлатилишига қарши чиқди 0 13:26"Мен яхшироқман!". Райан Гарсия Кроуфордни ҳаддан ташқари баҳоланган деб атади 0 13:05Энтони Жошуанинг рингга қайтиш тахминий муддати айтилди 0 12:44Ислам Махачев эрталабки машғулотлари режасини ошкор қилди 0 12:23"Арсенал" 410 кун мобайнида иккита гол фарқи билан мағлуб бўлмаганди 0

05 fev 11:20
Yangiliklar

Boshqalar

Yurtimizda ishlayotgan xorijlik murabbiylar faoliyati sarhisob qilindi

Teglar :  Majlis
Hozirda Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizda sportning 17 turida 22 nafar xorijlik murabbiylar faoliyat olib borishmoqda.

SHubhasiz, yirik musobaqalarga tayyorlanishda jahon tajribalarini yurtimizda keng tatbiq qilish katta ahamiyatga ega. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ushbu xorijiy murabbiylarning maoshiga oid barcha moliyaviy masalalar hal qilingan. Xo'sh, ularning faoliyati hozirda sportimiz mutasaddilarini qoniqtiryaptimi? Buning tasirida sportchilarimizning natijalarida qanchalik o'sish kuzatilmoqda? Bugun ushbu mavzular yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Xorijiy mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish to'g'risidagi takliflarni ko'rib chiqish” mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, federaciya va associaciyalar masullari, Respublika oliy sport mahorat maktablari mutasaddilari ishtirok etishdi.

“Rioda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarini yodga olsak, unda delegaciyamiz Olimpiya o'yinlariga 70 ta yo'llanma qo'lga kiritgan. Hisob-kitoblar bo'yicha Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga ham taxminan shuncha licenziya olamiz. Biroq hukumatimiz Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun Riodagiga qaraganda ancha katta etibor qaratmoqda. Federaciyalarimiz so'ragan xorijiy murabbiylar jamoaga taklif etilmoqda. Ammo natijalarda katta o'zgarish yo'q. SHunday ekan, faoliyatimizni yana bir bor tanqidiy ko'rib chiqishimiz lozim”, – dedi MOQ raisi.

Yig'ilishda dastavval terma jamoalarimizda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ishi so'nggi ikki yil kesimida birma bir tahlil qilib chiqildi. Qo'lga kiritilgan yutuqlar, o'sishlar takidlab o'tildi. SHu bilan birga bazi mutaxassislarning faoliyatiga ham tanqidiy baho berildi. Jumladan, engil atletika bo'yicha jamoamizda ishlayotgan Boris Jgirning faoliyati borasida etirozlar bildirilib, samaradorlikni oshirish bo'yicha kerakli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

SHuningdek, jamoalarimizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash dasturi bo'yicha ham bir qator rejalar muhokama etildi. Bu borada xorijlik mutaxassis yo'q bo'lgan jamoalarga ehtiyojga qarab chet ellik trener yoki konsultantlarni jalb qilish, buning uchun eng munosib nomzodlarni ko'rib chiqish taklif qilindi.

Reyting:    

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing