So’nggi yangiliklar

13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0

06 avg 19:44
Yangiliklar

Tennis

Yurtimizda tennis bo'yicha uchta xalqaro turnir bo'lib o'tdi

Joriy yilning iyul – avgust oylarida yurtimizda “ITF ANDIJAN Chempionships Grade-5”, ITF Junior Tashkent Grade-5” va “ITF Junior Tashkent Circuit Grade-3” xalqaro turnirlari o'tkazildi.

Iyul oyida Andijonda o'tkazilgan “ITF ANDIJAN Chempionships Grade-5” xalqaro turniriga dunyoning 11 mamlakatidan sportchilar tashrif buyurdi.

Murosasiz va qiziqarli tarzda kechgan musobaqaning yakkalik bahslarida o'g'il bolalar o'rtasida final o'yinida Bekzod Rasamatov 6:4, 2:6 va 6:1 hisobida Azizbek Dadaboevdan ustun keldi. Juftlik bahslarida esa Azizbek Dadaboev hamda Ravshan Qodirovlar faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.

Qizlar o'rtasida esa hamyurtimiz Setora Normurodova qozog'istonlik Mariya Sinicinani 6:2, 4:6, 6:0 hisobida mag'lub etdi. Juftlik bahslarida esa Omina Valixanova hamda Setora Normurodova uchinchi o'rin bo'ldi.

Navbatdagi turnir poytaxtimizda o'tdi.“ITF Junior Tashkent Grade-5” 22-27 iyul kunlari o'tgan birinchilikda o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Azizbek Dadaboev g'olib deb topildi. Qizlar o'rtasidagi yakkalik bahslarida Setora Normurodova bo'ldi. Juftlik bahslarining final o'yinida Farida Marimova hamda Darya Kornilova g'alaba qozondi.

“ITF Junior Tashkent Circuit Grade-3” turniri bahslari 29 iyul – 3 avgust kunlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirning o'g'il bolalar o'rtasidagi juftlik bahslarida Azizbek Dadaboev va rossiyalik Ilarion Danilchenko juftligi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yakkalik bahslarida Nuriddin SHagiev uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

Qizlar o'rtasida esa Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchisi Setora Normurodova sovrindor bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing