So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

10 iyu 19:14
Yangiliklar

Ot Sporti

Yurtimizga ot sportini rivojlantirishning francuzcha modeli olib kiriladi

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasiga Franciyaning “WeKanCode” kompaniyasining bosh direktori, “SUN Group Global” kompaniyasi vice-prezidenti Amori du Burbon Parm tashrif buyurdi.

Franciyalik mehmon Evropada ot sportini ommalashtirish bo'yicha shuhrat qozongan marketologlardan biri hisoblanadi. Mehmonni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi. 

“Avvalambor, ot sportini rivojlantirish yo'lidagi hamkorlikda bizni tanlagangizdan mamnunman. Darhaqiqat, yurtimizda ko'plab sport turlari qatori ot sportining rivojlanishi ham jadallik bilan ketmoqda. Ayni paytda shahrimizda 70 gektar joy egallagan yangi ippodorom loyihasining asosiy qismi qurib bitkazildi. Ushbu sportni rivojlantirishga shaxsan Prezidentimiz ham alohida etibor qaratganlar va bu borada maxsus qaror ham elon qilingan. Yurtimiz siz kabi xorijlik ishbilarmonlar uchun o'z eshiklarini ochmoqda. Sizning yordamingizda yurtimizda ot sportini Evropadagidek katta qiziqish ostida kechadigan musobaqalardan qilish niyatidamiz”, – dedi Jasur Matchanov.

O'z navbatida franciyalik mehmon ham tashrif bo'yicha o'zining qator fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

“Yurtingizda birinchi bor bo'lishim. Internet orqali malumot olganimda O'zbekistonni jadallik bilan rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida o'qigan edim. O'z ko'zim bilan ko'ryapmanki, bu rivojlanish tasavvurimdan ham tezroq va shiddatliroq ro'y beryapti. SHubhasiz, bu narsa maqsadingizga ildamroq borishingizga yordam beradi. Ot sportini rivojlantirishning francuzcha modelini yurtingizga olib kirishni niyat qildim. O'z mamlakatimda ushbu sport rivoji qanday bosqichlarda olib borilsa, uni O'zbekistonda ham shunday tatbiq qilamiz. Ushbu tashrifim davomida o'zim uchun kerakli bo'lgan dastlabki malumotlarni olaman. Nasib qilsa, sentyabr oyida yana kelaman va o'shanda hamkorlikning aniq dasturlarini belgilab chiqamiz”, – dedi Amori du Burbon Parm. 

Mehmon suhbat davomida ot sportining Olimpiya o'yinlariga kirgan yo'nalishlari, ot poygalari va yilqichilikni rivojlantirish bo'yicha o'zining qimmatli maslahatlarini berdi. SHuningdek, sohani birgalikda rivojlantirish bo'yicha xorijlik qator investorlar bilan hamkorlini yo'lga qo'yish borasida fikr va mulohazalar olib borildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing