09 sen 17:20
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" "Barselona" futbolchisiga qiziqishni saqlab turibdi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Turinliklar kelasi yozda kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashlari mumkin.
Oldinroq xabar berilganidek, "Barselona" Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo tomonlar hali bu borada muzokaralarni boshlashmadi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi "Barselona"ga 2017 yilda "Borussiya" (Dortmund)dan 135 million evro evaziga o'tgandi.
Havola :
Manba : Calcio Mercato
Fikrlar