13 avg 20:18
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" Dibalani transferga qo'ydi
"Yuventus"ning argentinalik forvardi Paulo Dibala yozda Turin klubidan ketishi mumkin.
Tuttosport nashrining malumotlariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati 26 yoshli futbolchini transferga qo'ydi.
Turin klubi Dibalaning sotuvidan tushgan mablag'larga o'rta chiziqni kuchaytirmoqchi. "Yuventus" hozircha 3 o'yinchining variantini ko'rib chiqmoqda: Pol Pogba ("Manchester Yunayted"), Isko va Marko Asensio (ikkisi ham - "Real").
Dibala joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 10 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar